Avval xabar qilinganidek, bugun, ya’ni 7 iyun kuni Bryussel shahrida o‘tkazilayotgan “Yevropa yashil haftaligi” anjumani doirasida Markaziy Osiyo davlatlari ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun uchrashuvlar tashkil etildi.
Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yetakchi matbuot kotibi Peter Stano bilan uchrashuv ulardan biri.
Uchrashuvda janob Peter Stano ishtirokchilarga Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yetakchi matbuot kotibi o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu tashkilot tuzilmalari haqida ma’lumot berdi.
– Avvalo, ushbu uchrashuv barchamiz uchun foydali bo‘ladi. O‘zaro tanishuv, muloqot va fikr almashish hamkorlikni mustahkamlashda muhim hisoblanadi. Kelgusida ham hamkorligimiz yanada kengayib boradi, – dedi u.
Uchrashuv yakunida Peter Stano haftalik ishtirokchilari savollariga javob berdi.
Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA muxbiri
Belgiya, Bryussel shahri