Polsha Prezidenti Anjey Duda NATO mamlakatlarini mudofaa byudjetini YAIMning 2 foizidan yuqori qilib belgilashga chaqirdi.
Avvalroq ushbu mamlakat rahbariyati joriy yilgi mudofaa byudjeti yalpi ichki mahsulotning 4 foiziga yetkazilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
– Garchi, jamoaviy mudofaa biz uchun favqulodda muhim masala hisoblansa-da, biz ittifoqchilarimizni ham bu sohadagi xarajatni oshirishga chaqiramiz, – dedi Duda Bratislavda bo‘lib o‘tgan “to‘qqizlik” sammitida. – Biz doim ta’kidlaymiz, har bir a’zo mamlakat xavfsizligini birinchi navbatda o‘zi ta’minlashi kerak. NATO bir necha yil avval harbiy xarajat a’zo mamlakatlar YAIMining, shartli ravishda, kamida 2 foizini tashkil etishi bo‘yicha qaror qabul qilgan.