Oq uy ma’muriyati bayonot berishicha, muayyan kelishmovchilikka qaramay, Saudiya Arabistoni kelgusida ham AQSH ittifoqchisi bo‘lib qolaveradi.
Ta’kidlanishicha, Vashington bilan Ar-Riyod o‘rtasida nomuvofiqlik kuzatilishi, tomonlar o‘zaro xavotirini ochiq bayon qilishi mumkin, lekin Oq uy Saudiya podshohligini strategik sherik hisoblaydi.
Ma’muriyat Saudiya bilan ochiq muloqot olib borishni qo‘llab-quvvatlaydi va har doim fikrini ochiq bayon etib keladi. Turli kelishmovchiliklarga qaramay, Saudiya Arabistoni so‘nggi sakson yilda Qo‘shma Shtatlarning strategik hamkori bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoladi.