Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev uchun chempionlik kamarlarini qaytarib olish imkoniyati yuzaga kelmoqda.
“Matchroom” promouter kompaniyasi Ahmadaliyevning Marlon Tapalesga qarshi revansh jangini tashkil etib berishlarini so‘rab yo‘llagan murojaatidan keyin WVA vaziyatni o‘rganib chiqib, yakuniy qarorini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kamedaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu jang eliminator, ya’ni da’vogarlik maqomida bo‘ladi. Jang g‘olibi Marlon Tapalesning kamarlari uchun majburiy va rasmiy da’vogarga aylanadi.
O‘z o‘rnida Tapalesning jamoasi WBA tashkilotidan 25 iyul kuni WVC va WVO kamarlari uchun bo‘lib o‘tadigan Naoya Inoue hamda Stiven Fulton jangi g‘olibiga qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun jang so‘ragan.
Chempionlik yo‘lidagi kurashlar tegrasidagi holatning bu zaylda davom etishi Murodjon Ahmadaliyev – Marlon Tapales qarama-qarshiligidagi revansh jangi ro‘y berishini anglatmoqda. Bunda Murodjon yaponiyalik raqibini mag‘lub qilishi talab etiladi.
WBA tashkiloti Ahmadaliyev – Kameda uchrashuvi qachon va qayerda bo‘lishi borasida hozircha ma’lumot keltirmagan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA