Yaponiyada “Mavar” to‘foni ortidan kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida uch kishining daragi chiqmayapti, yana uch odam og‘ir ahvolda, 40 dan ziyod fuqaro yaralangan, dedi hukumat bosh kotibi Xirokazu Matsuno. Avvalroq bir insonning o‘limi haqida xabar berilgan edi.
O‘tgan hafta payshanba va juma kunlari Mavar to‘foni avj olib, Yaponiyada sharqiy qirg‘oq bo‘ylab janubdan shimolga ko‘chish xususiyatini namoyon qilgan uzoq muddatli yomg‘ir yog‘di. Ba’zi hududlarda kun davomida bir oylik me’yor qayd etildi.
N.Safarmatova, O‘zA