JamiyatTanlash

Ro‘yxatdan o‘ting
16:42 / 02.06.2023

Mamlakatimizda muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yil 1 iyun kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi.

Markaziy saylov komissiyasining ishchi guruhi hamda ekspert guruhlari qonunchilik talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarni tekshirib chiqadi.

Hujjatlar, shu jumladan, nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qiladi.

Muhtarama Komilova, O‘zA