Bugun, 3 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida dzyudo bo‘yicha 2006-2008 yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnir boshlandi.

O‘ndan ziyod davlatning mahoratli yosh sportchilari qatnashayotgan mazkur musobaqada Tohir Fayziyev murabbiyligidagi 20 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Musobaqalar 5 iyunga qadar davom etadi.

T.RO‘ZIEV,  

O‘zA