Kecha Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlament)ning yangi tarkibi ish boshladi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.
Mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organi birinchi sessiyasini yoshi eng ulug‘ deputat – Millatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcheli ochdi.
Noiblar navbat bilan minbarga chiqib, mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan qasamyod matnini o‘qib berdilar.
Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an ham parlamentning birinchi yig‘ilishida hozir bo‘ldi. U majlislar zalining faxriy mehmonlar qismida qasamyod jarayonini kuzatdi.
14 may kuni Turkiyada parlament saylovi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 3 iyun kuni parlament binosida Prezident Erdog‘anning qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazilishi rejalangan. Tadbirda 80 yaqin davlatdan oliy martabali vakillar ishtirok etadi.