Tezkor-qidiruv tadbir davomida avtomashina Nukus shahri “Boz ovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanali bo‘yida topilgan va hujjatlashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Nukus shahri Taxtako‘pir ko‘chasida yashovchi 17 yoshli K.B. sodir etganligi aniqlandi.
Hozirda K.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA