FOTOREPORTAJ

Orolbo‘yida ham 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Nukus shahridagi 49-maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, pedagog-tarbiyachilar, bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Bolajonlar e’tiboriga qiziqarli bayram dasturi namoyish etildi. Shuningdek, kichkintoylar tomonidan go‘zal raqs va quvnoq qo‘shiqlar ijro etildi.  Bolajonlar o‘ynab, quvnab olam-olam zavq oldi.


Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA