Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Moscow Open Kids” xalqaro turnirda ishtirok etib, munosib uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan “Aral Sea” jamoasi yosh sportchilari taqdirlandi.
Tadbir Nukus shahridagi Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida tashkil etildi. Musobaqada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorus va mamlakatimizdan sakkizta jamoa ishtirok etdi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan “Aral Sea” jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi. Taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri vazifasini bajaruvchi A.Allanazarov, Nukus shahridagi Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori D.Qalxorazov so‘zga chiqib, sportchilarni qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan qutladi.
Tadbir so‘nggida jamoa a’zolari va murabbiyiga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA