Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10 iyundan – 30 iyunga qadar onlayn shaklda Ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga o‘qishga kirish uchun talabgordan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

–tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

–fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);

–ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

–baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Shuningdek, talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a’lo) bo‘lishi kerak.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2023/2024-o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA