Joriy yil Venetsiya arxitektura biyennalesida 63 davlatning milliy paviloni, jumladan, Nigerning ilk ishtiroki, Panama va Vatikanning esa yirik ko‘rgazmaga qaytishini e’tirof etmasdan iloj yo‘q.
1998 yildan buyon Venetsiya arxitektura biyennalesi uch yo‘nalishga asoslanishi bilan ahamiyatli, deyish mumkin. Milliy pavilonlar doirasida har bir mamlakat o‘z kuratorlari va loyihalarini tanlaydi. Biyennale kuratori tomonidan boshqariladigan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlar mamlakat me’morchilik salohiyatini to‘liq namoyish etadi.
Shuningdek, har bir ishtirokchi davlat o‘z ko‘rgazma loyihasini, kuratorlarini tanlashning o‘ziga xos mexanizmlarini o‘rnatishi ham qiziq voqeadir. Ko‘pgina hollarda, bu turli davlat muassasalari o‘rtasidagi uyushmalardir, ammo bu kuratorlarning ommaviy chaqiruvlar orqali tanlanishini kafolatlamaydi. Misol uchun, Ispaniya, Argentina va Chili kabi mamlakatlarda ommaviy qo‘ng‘iroqlar vazirliklar tomonidan amalga oshiriladi va qo‘llab-quvvatlanadi.
Mazkur yirik ko‘rgazmada ishtirok etayotgan milliy pavilonlar Venetsiya biyennalesida o‘z davlatlari san’at va arxitektura nashrlarida eng ommabop, tarixiy mavzularga murojaat etadigan foto va videolar taqdim etadi.
“Kelajak laboratoriyasi” olti qismdan iborat ko‘rgazma hisoblanadi. U 89 nafar ishtirokchini o‘z ichiga oladi, ularning yarmidan ko‘pi Afrika diasporasidir. Joriy mavsumda ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 43 ni tashkil etadi, eng kichigi esa 24 yosh.
Yana bir muhim ma’lumot shundaki, “Kelajak laboratoriyasi” dasturi olti oylik tadbirlar, ma’ruzalar, panel munozaralari, film va spektakllardan iborat “Karnaval” bilan boyitilgan va ular biyennale mavzularini o‘rganadi, tahlil qiladi.
64 nafar milliy ishtirokchi o‘z ko‘rgazmalarini Jiardini, Arsenale va Venetsiya shahar markazidagi tarixiy pavilonlarda tashkil qilgan.
Biyennale sessiyalari loyihasini universitet, tasviriy san’at akademiyalari va boshqa oliy ta’lim muassasalariga bag‘ishlaydi. Maqsad kamida 50 nafar talabalar va o‘qituvchilarning uch kunlik mustaqil tashriflarini osonlashtirish, sayohat va turar joyni tashkil qilishda yordam berish hamda ko‘rgazma maydonchalarida bepul seminarlar tashkil etish imkoniyatini taklif qilishdan iborat.
So‘nggi o‘n yil ichida Biyennale o‘quv faoliyatiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda va o‘z ko‘rgazmalari tomoshabinlari, universitetlar, yoshlar va bolalarga, barcha darajadagi maktablarga qaratilgan ta’lim tashabbuslari tobora ortib bormoqda. Oxirgi ikki yil ichida Biyennale Architettura 2021 va 2022 yilgi ta’lim tadbirlarida 111 ming 164 nafar ishtirokchi qatnashgan, ulardan 52 ming 392 nafari yoshlardir.
2023 yilda ham alohida shaxslar va talabalar guruhlari, bolalar, kattalar, oilalar, mutaxassislar, kompaniyalar va universitetlarga mo‘ljallangan keng ta’lim dasturi taklif etilmoqda. Bu tashabbuslarning barchasi ishtirokchilarni faol jalb etishga qaratilgan bir mexanizm deya e’tirof etilmoqda.
Xullas, Venetsiyada ishlar besh, barcha san’at ixlosmandlarini qish mavsumiga qadar ushbu tarixiy shaharga chorlab qolamiz.
Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA
Venetsiya shahri