FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga start berildi.
Dastlabki musobaqa stol tennisi bo‘yicha o‘tkazildi. Unda musobaqaning tuman va shahar bosqichlarida saralangan 100 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz belgilangan yosh toifasida o‘zaro bellashdi.
16-21 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bahsida Qo‘ng‘irot tumani Turon mahallasidan S. Bobonazarov, qizlar o‘rtasida Amudaryo tumani Durunki mahallasidan M. Shomurodova, 22-26 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bellashuvida Taxiatosh tumani Keneges mahallasidan Sh. O‘rozboyev, qizlar bahsida Amudaryo tumani Boyovul mahallasidan M. Kamolova hamda 27-30 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida Amudaryo tumani Chordara mahallasidan J. Rajabov va qizlar bahsida To‘rtko‘l tumani Yangiobod mahallasidan S. Samandarova g‘olib bo‘ldi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA