Xabar berganimizdek, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov onlayn tarzda o‘tkazilayotgan “ChessKid Cup-2023” turnirida ishtirok etmoqda.
Kecha, 24 may kuni Abdusattorov turnirning 1-divizioni finalida niderlandiyalik Jorden van Forestga qarshi dona surdi. Qora donalarda o‘yin o‘tkazgan hamyurtimiz 2,5:1,5 hisobida raqibini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi hamda turnirning Grand finalida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Onlayn turnirning 2-divizioni yarim finalida vetnamlik Nguyen Ngok Chyong Son va rossiyalik Vladimir Fedoseyev g‘alabali odimini davom ettirmoqda.
Turnirning 3-divizionida argentinalik grossmeyster Alann Prima hindistonlik Pentala Xarikrishnani mag‘lub etdi va Grand finalda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mukofot jamg‘armasi 2 000 000 dollardan iborat bo‘lgan “Champions Chess Tour ChessKid Cup-2023” onlayn turniri 27 mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA