Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida davom etayotgan Jahon chempionatining kecha tunda o‘tkazilgan o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
“D” guruhi: Braziliya-Dominikan Respublikasi – 6-0, Italiya-Nigeriya – 0-2.
“S” guruhi: Yaponiya-Kolumbiya – 1:2, Senegal-Isroil – 1:1.
Bugun, 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi “Ye” guruhidagi Urugvay-Angliya, Tunis-Eron, “F” guruhidagi “Fransiya-Gambiya, Gonduras-Janubiy Koreya jamoalari ishtirokidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joy olgan “A” guruhining 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 26-27 may kunlari tashkil etiladi.
Unda 1/8 final bosqichiga chiqish masalasini muddatidan oldin hal etgan Argentina Yangi Zelandiya bilan O‘zbekiston Gvatemala bilan kuch sinashadi.
O‘zbekiston – Gvatemala uchrashuvining hakami etib misrlik Muhammad Ma’ruf belgilangan. Unga marokashlik Zakariya Brinsi va jazoirlik Abbos Akram qanotlarda yordam ko‘rsatadi. To‘rtinchi hakam sifatida mavritaniyalik Abdulaziz Buh faoliyat olib boradi. VAR tizimida esa misrlik Amr El-Shinavi va marokashlik Hamza El-Fariq ish yuritadi.
Ortda qolgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, “A” guruhida Argentina 6 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Yangi Zelandiya 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “B” guruhida 2-tur holatida AQSH 6 ochkoga, Slovakiya va Ekvador 3 ochko jamg‘arishgan.
“S” guruhida Kolumbiya 6 ochkoga, Yaponiya 3 ochkoga, Isroil va Senegal 1 ochko jamg‘arishgan. “D” guruhida Nigeriya 6 ochko, Braziliya va Italiya 3 ochko yig‘ishgan.
“Ye” guruhida Urugvay va Angliya 3 ochkoga, “F” guruhida Gambiya va Janubiy Koreya 3 ochkoga ega.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA