Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “I.Yusupov izbosarlari” va “T.Qayipbergenov asarlarining bilimdoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Shahar va tuman bosqichlarining g‘olibi bo‘lgan jamoalar yakuniy bosqichda o‘z bilimini namoyon etdi. Tanlov yakunida Mo‘ynoq va Chimboy tumani umumta’lim maktabi o‘quvchilari birinchi, Nukus shahri va Nukus tumani umumta’lim maktablari o‘quvchilari ikkinchi, Xo‘jayli va Qonliko‘l tumani maktab o‘quvchilari uchinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, “I.Yusupov she’rlarini ifodali o‘qigan o‘quvchi”, “T.Qayipbergenov asarlarini yod bilgan o‘quvchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri