O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi tergov hibsxonalar faoliyatini rivojlantirish, qamoqqa olinganlar va ishchi xodimlarning sharoitlarini yaxshilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i M.Solihov, Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i R.Tursunov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida o‘tgan yig‘ilishda jazoni ijro etish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, uchrayotgan muammolar tahliliy ko‘rib chiqildi.
Tergov hibsxonalaridagi mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek tergov hibsxonalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama etildi.
Yig‘ilishda qatnashchilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
N.Abduraimova, O‘zA