Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida boshlangan O‘zbekiston chempionatida Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Zaynab Dayibekova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Chempionatning dastlabki kunida sablyachilar yakkalik yo‘nalishida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Keskin va murosasiz kechgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda Zaynab Dayibekova, erkaklar o‘rtasidagi musobaqada Musa Aymuratov g‘alaba qozondi.
Musobaqada Appamis Urakboyev, Fazilbek Genjebayev, Farhod Naurizboyev, Guliston Perdibayeva, Ayako‘z Jumamuratova, Dilnoz Usnatdinova sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Mamlakat chempionati bahslari davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA