“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bo‘linmasi tomonidan “Obod mahallam” nomli loyiha doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Men ekkan nihol” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad aholi, ayniqsa, yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, tabiiy resurslarni tejashga da’vat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirishdan iborat. “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovda umumta’lim maktablaridan 27 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.


Dovud ABIBULLAEV, O‘zA