O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham ilmiy-ijodiy ishlarini olib bormoqda. Shunday ilmiy xodimlarning biri Po‘lat O‘teniyazov.
Po‘lat O‘teniyazovning “Qoraqalpoq xalq ertaklarining janr xususiyatlari va poetikasi (sehrli ertaklar misolida)” nomli monografiyasi 2022 yili o‘zbek tilida, “Karakalpakskiye narodnыye skazki (motivы, syujetы, obrazы)” nomli monografiyasi rus tilida Moldova Respublikasining “Globe Edit” nashriyotida bosildi.
Shuningdek, Po‘lat O‘teniyazov o‘z hamkasblari bilan birgalikda ham monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, to‘plamlarni nashr qilib kelmoqda. U filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hurliman Utemuratova bilan birgalikda bir necha to‘plamlarni nashrdan chiqarishga erishdi. Jumladan, joriy 2023 yili ularning birga yozgan “Aktualnыye problemы karakalpakskoy literaturы i folklora” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasi Moldova Respublikasi, Kishinev shahri “Globe Edit” nashriyotida rus tilida, “Akualle Themen der karakalpakischen Literatur und Folklore” (Qoraqalpoq adabiyoti va folklorining dolzarb masalalari) nomli o‘quv qo‘llanmasi Kishinev shahridagi “Verlag Unser Wissen (Sciencia Scripts)” nashriyotida nemis tilida, “Problemas actuais da literatura e do folclore de Karakalpak” degan nom bilan ushbu o‘quv qo‘llanmasi “Edicoes Nosso Conheciemento” (Sciencia Scripts) nashriyotida portugal tilida, “Problemi attuali della letteratura e del folklore karakalpak” nomli kitobi italyan tilida, “Problemas actuales de la literatura y el folclore de Karakalpak” deb nomlangan kitobi ispan tilida, “Problemes actuels de la litterature et du folklore karakalpak” nomli kitobi fransuz tilida chop etildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari akademiyaning 80 yillik yubileyiga bayram tuhfasi bo‘ladi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA