Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 2021 yil 28 oktyabrdagi qarori bilan qarzdor O.S.dan undiruvchi X.R.ning foydasiga uning tarbiyasidagi voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undirish belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Qonliko‘l tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor yashash manzilidan bir qancha vaqtdan buyon yashamayotganligi sababli, unga nisbatan 2022 yil 14 aprel kuni tegishli tartibda qidiruv e’lon qilingan.
Majburiy ijro byuro boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlar natijasida qarzdor joriy yil 20 aprelda topilib, undan 33,8 million so‘m qarzdorlik to‘liq undirildi.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri