FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida Sharl Perroning “Etik kiygan mushuk” nomli ertagi asosida sahnalashtirilgan pesa taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Pesa teatr bosh rejissyori O. Bekturganov tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, ertak qahramonlari “Mushuk” rolini aktyor B. Japarov, “Jak” rolini aktyor T. Yerejepov, “Malika” rolini aktrisa M. Yusupova, “Podshoh” rolini aktyor R. Tlemisov, “Odamxo‘r” rolini aktyor R. Abdireymovlar yuksak mahorat bilan ijro etmoqda.

Sahna asari bolalarni do‘stga sadoqatli va mehr-oqibatli bo‘lishga o‘rgatadi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA