Mamlakatimizda joriy yilning may oyi “Teatr oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va hamkor tashkilotlar tomonidan keng ko‘lamdagi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur oylik doirasida Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan Nukus shahri va tumanlarida umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun bepul tomoshalar namoyish etilmoqda.

Teatr tomonidan bolalarga ezgu g‘oyalarni targ‘ib etuvchi “Gulda bulbul sayraydi”, “Qushlarni kutgan bolalar”, “Yaxshilik qaytadi”, “Qo‘rqit ota”, “Chin yurtini dunyoga mashhur qilgan go‘zal haqida so‘z”, “Ertaklar yaxshilikka yetaklar”, “Sehrli gul”, “Yolg‘onchi tulki” kabi spektakllar namoyish etilmoqda.

Shu bilan birga shahar va tumanlarning eng chekka hududlarida ham ko‘chma teatrlar tashkil qilinmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA