DIQQAT TANLOV!

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:  

1.  Gender tenglik, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

2. Nizoli vaziyatlar, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish holatlarini va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni erta bartaraf etishda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni shakllantirish;

3. Odam savdosi, noqonuniy mehnat migratsiyasidan jabr ko‘rgan aholi o‘rtasida tizimli profilaktik targ‘ibot, tashviqot va reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish;

4. Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish;

5. Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish;

6. Aholiga bepul kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish ustidan jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish;

7. Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini, har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash haqidagi tafsilotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish;

8. Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faolligini oshirish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:  

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb sayti va https://t.me/GROUP_JAMOAT_FONDItelegram kanalida joylashtirilgan va yangi yuklangan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Tashkilotning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

7. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 100 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2023 yil 15 maydan  15 iyungacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 239-26-76, (71) 239-26-86.  

O‘zA