2023 yilning 16-18 may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruv kengashining 32-yillik yig‘ilishiga bag‘ishlangan navbatdagi biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistondagi yetakchi va strategik banklardan biri bo‘lgan “Agrobank” ATB ham ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida Agrobank Yevropadagi yirik moliyaviy guruhlardan biri — Germaniyaning ODDO BHF banki bilan 20 million yevrolik shartnoma imzoladi. Mazkur mablag‘lar Agrobank orqali savdoni moliyalashtirish sohasidagi loyihalarga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish kerakki, bu kabi tadbirlarning O‘zbekistonda o‘tkazilishi alohida ahamiyat kasb etib, mamlakatning sarmoyaviy salohiyatini namoyish etish va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun istiqbolli maydon hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida

O‘zA