Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an “don kelishuvi” muddati yana ikki oyga uzaytirilganini e’lon qildi, deb xabar tarqatmoqda jahon axborot agentliklari.

“Mamlakatimiz sa’y-harakatlari, rossiyalik do‘stlarimizning yordami va ukrainalik birodorlarimiz qo‘shgan hissasi bilan Qora dengiz don kelishuvi yana ikki oyga uzaytirildi”, – deya keltirdi Erdog‘anning so‘zlarini AFP agentligi.

Ushbu kelishuvning avvalgi muddati 18 maygacha edi. Muddatni yana uzaytirishga so‘nggi daqiqalargacha Rossiya qarshilik ko‘rsatib, yangi talablarni ilgari surib kelayotgan edi. Biroq Moskva kelishuvga qanday shartlarda rozi bo‘lgani haqida hozircha ma’lum qilinmayapti, deyiladi xabarda.