Amerikalik milliarder Ilon Maskning ta’kidlashicha, u kuniga olti soat uxlaydi, haftada esa yetti kun ishlaydi, chunki yagona haqiqiy valyuta vaqt hisoblanadi.

“Vaqt – yagona haqiqiy valyuta”, – degan Mask CNBC telekanaliga bergan intervyusida.

Maskning aytishicha, xuddi shu sababli Twitter ijtimoiy tarmog‘ining bosh direktorligi lavozimidan ketgan. Tadbirkor asosiy e’tiborni Tesla va Space X kompaniyalariga qaratmoqchi.

Maskning bayon qilishicha, unga 6 soatlik uyqu yetadi. Tadbirkor undan ham oz vaqt uxlagan vaqtlari ham bo‘lgan, lekin mehnat natijadorligi pasayganini his qilgan. Maskning ta’kidlashicha, u haftasiga yetti kun ishlaydi va yiliga atigi ikki-uch kun dam oladi.