Britaniyaning 24 soatlik yangiliklar telekanali – “Sky News” xabar berishicha, Fransiyaning birinchi xonimi pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishi chog‘ida jiyaniga qilingan hujumni “qo‘rqoqlik” deb atadi.
Ma’lumotga ko‘ra, oilaviy biznes orqali shokolad do‘konini boshqaradigan 30 yoshli Jan-Batist Trone o‘z do‘koni ustidagi xonadoniga ketayotganda nishonga olingan. Uning otasi Jan-Aleksandr Trone aytishicha, bosqinchilar qochishdan oldin hukumat a’zolarini haqoratlagan.
Politsiya ma’lum qilishicha, voqeaga aloqadorlikda gumonlanganlarning 8 nafari Fransiya shimolidagi Amen shahrida hibsga olingan.
Brijit Makron o‘z bayonotida, jumladan, shunday degan: Hozir oilam bilan to‘liq birdamman, kecha soat 23:00 dan beri doimiy ravishda aloqadaman. Bunday zo‘ravonlikni men doim qoralaganman.