FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida “Bosh kiyimimiz – millatimiz faxri” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil etildi. Unda tarixchi va san’atshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, muzey xodimlari, turistik korxona vakillari, Qoraqalpoq davlat universitetining Amaliy san’at fakulteti talabalari, kashtachi hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Madaniy-ma’rifiy tadbirda milliy kiyimlarning qayta tiklanishi haqida ekspertlarning chiqishi va qoraqalpoq bosh kiyimi – taqiya to‘g‘risida taqdimot namoyish etildi.

Ishtirokchilar tomonidan ekspertlarga qiziqarli savollar berilib, tadbir qizg‘in suhbat asnosida davom etdi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA