19-21 may kunlari poytaxtimizdagi “C Space” kovorking markazida xotin- qizlar uchun mo‘ljallangan “Techstars Startup Weekend Women Edition” xakatoni bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar uch kun davomida biznes-reja va mahsulot prototipini tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Tadbirda ular soha professionallari, shuningdek, moliya, marketing va mahsulotlarni boshqarish sohasidagi mutaxassislar bilan tanishadi.
Birinchi kuni ishtirokchilar tegishli ko‘rsatmalar oladi va o‘z g‘oyalarini qisqacha taqdim etadi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 nafar ayol boshqa ishtirokchilar bilan jamoa tuzadi va o‘z loyihalari ustida ishlashni boshlaydi.
Ikkinchi kuni jamoalar MVP (minimal hayotiy mahsulot) yaratish va gipotezalarni tekshirish bo‘yicha mahorat-darslariga tashrif buyuradi, shuningdek, sohadagi startap yetakchilari bilan birgalikda g‘oyalarni rivojlantirish ustida ishlashni boshlaydi.
Uchinchi kuni jamoalar hay’at a’zolariga o‘z loyihalarini taqdim etadi. Loyihalar uchta – eng yaxshi gipoteza tekshiruvi, eng yaxshi biznes-modeli va eng yaxshi bozor salohiyati kabi mezonlar bo‘yicha baholanadi. Barcha mezonlar bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan uchta startap sovrinlar bilan taqdirlanadi. Tadbir ingliz tilida olib boriladi.
Roman BONDARCHUK, O‘zA