Vengriya Fransiya bilan Yevropaning o‘zaro manfaatlarni himoya qilish imkonini beradigan strategik avtonomiyaga muhtojligi to‘g‘risidagi fikrni ma’qulladi. Bu haqda Vengriya Prezidenti Katalin Novak ma’lum qildi. “rambler.ru” xabar berishicha, u seshanba kuni Reykyavikda bo‘lib o‘tgan Yevropa Kengashi sammitida fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan uchrashgan.

Novak uchrashuvdan oldin Fransiya rahbari bilan maslahatlashuv o‘tkazganini ta’kidladi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi: Yevropaga o‘z manfaati yo‘lida qaror qabul qilish uchun strategik avtonomiya kerak. Ukrainada imkon qadar tezroq tinchlik o‘rnatilishi lozim. Biz bir-birimizga ishonamiz.

Vengriya yetakchisi Ukrainaga tinchlik zarurligini nafaqat YeK sammitida, balki boshqa xalqaro forumlarda, jumladan, payshanba kuni Nyu-Yorkda, BMT minbaridan turib ham gapirmoqchi ekanligini qo‘shimcha qildi.

Makron yaqinda YeI uchun strategik avtonomiya zarurligi, xususan, siyosiy mustaqillik, iqtisodiy raqobatbardoshlik va AQSHga ishonmasdan o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli mudofaa salohiyatini shakllantirish muhimligi haqida bir necha bor ta’kidlagan.

Nigina Safarmatova