Ma’lumki, har qanday tadbirning asl samarasi ayni jarayonda erishilgan amaliy natijalar salmog‘i bilan belgilanadi.

Shu ma’noda Samarqandda boshlangan YeTTB yillik anjumani foydali kelishuvlarga boy o‘tyapti. Birinchi kuniyoq mamlakatimiz moliyaviy tuzilmalari va boshqa turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektlar, shuningdek O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan qator xorijiy kompaniya va Markazlar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan har tomonlama manfaatli bitimlar imzolashdi.

Masalan, “O‘zsanoatqurilishbank” va YeTTB mas’ul vakillari imzolagan Shartnoma, YeTTB hamda “Mastercard” inklyuziv o‘sish Markazi o‘rtasida kuchga kirgan Memorandum, YeTTB va “ACWA Power” kompaniyasi rahbarlari tasdiqlagan Shartnoma O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada jadal taraqqiy ettirishga xizmat qilishi shubhasiz.


G‘.Xonnazarov,

A.Abdullayev (surat), O‘zA