Bugun, 16 may kuni Xitoyning Shanxay shahrida kamondan otish sport turi bo‘yicha jahon kubogining ikkinchi bosqichiga start berildi.
O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar a’zosi ishtirok etayotgan musobaqaning birinchi kunida saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng sportchilar olimpiya tizimida g‘oliblik uchun kurashni davom ettiradi.
Joriy yil 21 mayga qadar davom etadigan musobaqada terma jamoamiz a’zolaridan Mirjalol Qarorov, Amirxon Sodiqov, Ozodbek Ungalov, Chen Yao Yuy, Zebiniso Abdusattorova, Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Kamola Yunusova medallar uchun kurashga kirishmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA