Janubiy Koreyada og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi.
“Parij – 2024” Olimpiadasining muhim reyting ochkolarini taqdim etgan qit’a chempionatida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritgan og‘ir atletikachilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Kutib olish marosimida ishtirok etgan yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, sportchilarning ota-onalari chempionatning ahamiyati, unda iste’dodli sportchilarimiz Ruslan Nuruddinov, Rigina Adashbayeva, Tursunoy Jabborova, Akbar Jo‘rayev va Ruslan Jangaboyev ko‘rsatgan natijalar e’tiborli bo‘lganligini ta’kidlashdi.
O‘zA