Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.B.dan undiruvchi G.B.ning foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor ota tomonidan aliment nafaqasi oyma-oy to‘lanib kelingan. Shunga qaramasdan, joriy yilning aprel oyida qarzdor byuro bo‘limiga kelib, qolgan davr uchun aliment pullarini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan.

Shu sababli davlat ijrochisi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, umumiy qarz hisob-kitob qilingan va qarzdor A.B. 40 million so‘m pulini naqd ko‘rinishda to‘lab berdi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA