“Katta yettilik” yetakchilarining kelgusi hafta Xirosima shahrida bo‘lib o‘tadigan sammiti Yaponiya tarixidagi eng muhim uchrashuv hisoblanadi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi.

“NHK” telekanali Kisidaning “Bu Yaponiyada o‘tadigan yettinchi va so‘nggi yetti yil ichidagi birinchi sammit, ammo murakkab va og‘ir xalqaro vaziyatni hisobga olsak, bu mamlakat tarixidagi eng muhim anjuman”, degan so‘zlarini iqtibos qilib keltirgan.

“Yaponiyaga mezbon davlat sifatida mazkur sammit muammosiz, xavfsiz o‘tishini ta’minlashdek jiddiy mas’uliyat yuklanadi”, deya qo‘shimcha qilgan hukumat rahbari.

Yaponiya 2023 yil “G7”ga raislik qilyapti.

1945 yil 6 avgustda Amerika atom bombasi tashlagan Xirosima shahrida 19-21 may kunlari bo‘lib o‘tadigan sammit ishiga, shuningdek, Avstraliya, Braziliya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Kuk va Komor orollari, Janubiy Koreya yetakchilari taklif qilingan.

O‘zA