Joriy yil 5 maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida hokim o‘rinbosarlari, hokimliklarning huquqshunoslari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari mas’ul xodimlari uchun masofaviy onlayn o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

Bndan ko‘zlangan maqsad yer bilan bog‘liq ma’muriy masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul xodimlarning bilimlarini oshirish hamda yer masalalariga oid boshqa qonun hujjatlari talablarini o‘rgatishdan iborat.

Joriy yilning 10 may kuni bo‘lib o‘tgan shunday seminar-treninglardan birida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari tumanlarining tegishli soha xodimlari onlayn tarzda ishtirok etdi.

Unda yer bilan bog‘liq ommaviy huquqiy nizolarning mazmun-mohiyati, ma’muriy tartib-taomillar turlari, ma’muriy akt shakli, mazmuni, asoslantirilishi va kuchga kirishi kabi muhim mavzular yuzasidan ma’ruzalar o‘qildi.

O‘quv kurslari 16 mayga qadar davom etadi.

 M.Qosimova, O‘zA