Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Turkmaniston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Mirzagul Sapayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitet filiali direktori Adilbay Yesimbetov davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qoraqalpoq milliy madaniyati va san’ati rivojiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida sohadagi ijobiy yangilanishlar hususida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda so‘z olgan Mirzagul Sapayeva xalqimizning ma’naviy hayotida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, muhtaram Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan sohani rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali ishlar haqida alohida to‘xtaldi.  U talaba  yoshlarga san’at sohasiga kirib kelishi, bosib  o‘tgan yo‘li,  yo‘l ko‘rsatgan ustozlari haqida so‘zlab berdi. Shu bilan birga muxlislar orasida mashhur bo‘lgan kuy-qo‘shiqlarning yaratilishi, xorijiy davlatlardagi safarlar taassurotlari bilan  o‘rtoqlashdi. Shuningdek, filmlarda ijro qilgan rollari va suratga olish jarayonidagi qiziqarli voqealarni ham yodga oldi.

Qiziqarli suhbatdardan so‘ng xonanda tinglovchilar qalbidan joy olgan qo‘shiqlardan ijro etilib uchrashuv ishtirokchilariga zavq bag‘ishladi.


Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri