Prezident raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yoz oylarining issiq kunlarida elektrga kunlik talab hozirgi 195 million kilovatt soatdan 255 million kilovatt soatga yetishi mumkinligi qayd etildi.

Har bir hudud va tarmoq kesimida 2023 yilda elektr energiyasi tanqisligini ortig‘i bilan qoplash bo‘yicha vazifalar aniq belgilangan edi.

Shu bois davlatimiz rahbari yoqilg‘i-energetika majmuasi rahbariyati oldida viloyat hokimlari bilan birga yoz mavsumida hududlarda elektrga talabni qoplash, elektr tarmoqlarining yuqori yuklama sharoitida uzluksiz ishlashini ta’minlash, tarmoq va hududlarda energiyani tejash vazifalari turganligini ko‘rsatib o‘tdi.

Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJga joriy yilda 2 ming megavatt quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, gaz ishlab chiqarish va zaxiralarni shakllantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga erishish topshirildi.

O‘zA