Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda tuzilmalari tomonidan Ukrainaga ajratilgan yordamning umumiy qiymati 16 milliard yevroni tashkil etadi, dedi mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada so‘zga chiqqan YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.

“Birinchi bosqichda 500 million yevro yo‘naltirilgan edi. Hozirgacha ko‘rsatilgan yordamning umumiy qiymati 16 milliard yevroga yetdi va ko‘mak hali davom etadi”, – degan mulozim.

Borrel yil oxiriga kelib Yevroittifoqda tayyorgarlikdan o‘tgan ukrainalik harbiylar soni 30 ming kishiga yetishini ham ma’lum qilgan.