Hindiston banki kredit bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida mamlakatning Rossiyadan neft sotib olishi o‘n barobar ko‘paygan. Bu mamlakatga bir tonna xom neft uchun, taxminan, 89 dollar tejash imkonini berdi.
Qo‘shma Shtatlar va Yevropa bosimiga qaramasdan, Hindiston g‘arbning Rossiya importiga nisbatan sanksiyasiga rioya qilishdan bosh tortdi. Respublika energiya importiga qaram, millionlab aholisi qashshoq yashayotgan mamlakat sifatida neft uchun yuqori narx to‘lay olmasligigini ma’lum qildi.
– Ukraina inqirozi tufayli Yevropa Rossiyadan Hindistonga nisbatan olti marta ko‘p energiya import qilgan, – dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri S.Jayshankar.
Ekspertlar fikricha, Rossiya endilikda, asosan, Osiyoga energiya import qilishni taklif etmoqda. Hind neftni qayta ishlash korxonalari ham, o‘z navbatida, foydani imkon qadar oshirishga harakat qilyapti.
Nigina Safarmatova, O‘zA