Yevroittifoq mamlakatlari yaqin uch yilda mudofaani mustahkamlash uchun 70 milliard yevro ajratadi, dedi YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.
“Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar yaqin uch yilda mudofaa imkoniyatlarini oshirish uchun 70 milliard yevro sarflaydi”, – dedi u Bryusselda bo‘lib o‘tgan anjumanda so‘zga chiqib.