Mudofaa vaziri Xulusi Akarning xabar berishicha, Rossiya, Ukraina va Turkiya Mudofaa vazirlari o‘rinbosarlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari ishtirokida «don shartnomasi»ni uzaytirish masalalari bo‘yicha uchrashuv 10 mayda boshlandi. Bu haqda u «TRT» telekanaliga bergan intervyuda aytgan.
«Bu mavzuda muzokaralar hech ham to‘xtamagan, u barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan», dedi vazir.
2022 yilning 22 iyul kuni Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari Ukrainaning to‘rtta portidan don, oziq-ovqat va tabiiy o‘g‘itlarni Qora dengiz orqali olib chiqish shartnomasini imzolagan edilar. Kemalarning harakatlanishini Istanbuldagi Hamkorlik muvofiqlashtirish markazi nazorat qilmoqda.
Xabar berilishicha, Ukrainadan shu kungacha taxminan 30 million tonna oziq-ovqat eksport qilingan.
«Bugun Ukraina portlarida 600 ming tonna don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yuklangan 14 kema, Turkiya suvlarida esa bir million 200 ming tonnaga yaqin mahsulot yuklangan 26 ta kema jo‘natishga hozir bo‘lib turibdi», deyiladi Mudofaa vazirligi ma’lumotida.
Don shartnomasining amal qilish muddati 18 may kuni tugaydi. Bugun bu mavzuda Istanbulda muzokaralar davom etadi va uning uzatilishi bo‘yicha qaror chiqishi kutilmoqda.
O‘zA