Ukraina atrofidagi ziddiyat tufayli Yaponiya hukumati mintaqadagi xavfsizlikka munosabatini qayta ko‘rib chiqish va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha ofis ochish yuzasidan muzokaralar boshlashga majbur bo‘ldi. Bu haqda «CNN» telekanaliga tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sharqiy Yevropada sodir bo‘layotgan voqealar Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga bevosita ta’sir qiladi, bu esa harbiy blok bilan hamkorlikni «borgan sari muhim» qiladi.
Vazir Yaponiyaning Alyans a’zosi emasligini ta’kidladi. Shimoliy Atlantika alyansi ofisining ochilishi muayyan davlatlarga qarshi qaratilgan signal, deb qabul qilmaslik kerak, dedi TIV rahbari.
Yaponiya NATOning mintaqadagi ittifoqchilari Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishga qarshilik bildirmaydi.
“Nikkei Asia” nashrining ma’lumot berishicha, NATOning bunday ofislari Gruziya, Ukraina, Bosniya va Gersegovina, Moldova va Quvaytda mavjud.
O‘zA