FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada jami 30 ga yaqin savdo rastasi xaridorlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Sotuvchi va xaridorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining maqbul narxda taqdim etilayotgani shahar aholisini mamnun etmoqda.

Bayram yarmarkasida Ellikqal’a, Taxiatosh tumani fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlari bilan faol qatnashmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA