Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati B.Sidiqov, O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nukus shahri “Amudaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Qadirbay ota Narmanovni yo‘qlab bordi.
Bugun yaqinlari ardog‘ida 98 yoshni qarshi olgan, jasorati o‘rnak bo‘ladigan faxriy ota bilan suhbatlasharkansiz, uning ko‘z oldida o‘sha daxshatli urush qiyofasi gavdalanadi. Otaxon shu yillarni eslab, ko‘zida yosh bilan bugungi kunga shukronalar aytdi.
– 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan bizga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda mamnunmiz, – deydi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qadirbay ota Narmanov. –Ayniqsa, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning sha’ni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda. Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.
bugungi dorilomon kunlarga yetkazganiga shukrona aytib, qo‘llarini duoga ochdi. Haqiqatdan ham xalqimiz ardog‘idagi bu nuroniylarimizning butun insoniyatni fashizmdan ozod qilish yo‘lida ko‘rsatgan mardlik ishlari, jasorati, ishonch va sabr-toqati bugungi hamda kelajak avlodlar uchun ibrat namunasi sanaladi.
Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA