Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning ma’lum qilishicha, Istanbulda uning tarafdorlari uyushtirgan mitingda 1,7 million kishi ishtirok etgan.
Turkiyada Prezident va parlament saylovlari 14 mayda bo‘lib o‘tadi. Davlatning amaldagi rahbari Rejep Tayyip Erdog‘anga asosiy raqib sifatida muxolifatchilarning «Xalq alyansi» yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li hisoblanadi. Shuningdek, saylovda «Memleket» partiyasidan Muharram Inje va «Ata» alyansidan Sinan Ogan ham ishtirok etmoqda. Agar 14 mayda g‘olib aniqlanmasa, ikkinchi tur 28 mayda bo‘lib o‘tadi, deyiladi xabarda.