Milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSH Prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivan yakshanba kuni Ar-Riyodda Hindiston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan hamkasblari bilan ushbu mamlakatlarni o‘zaro bog‘laydigan temir yo‘l va dengiz yo‘li tarmog‘ini yaratish bo‘yicha  yirik qo‘shma loyihani muhokama qilgan. Bu haqda “Axios” portali ma’lum qildi.

“14 mayga belgilangan Turkiya prezidenti saylovi ikkinchi turga qolsa kerak”, – dedi Respublika rahbarligi uchun kurashayotgan nomzodlardan biri Muharram Inje NTV telekanali orqali. “Saylovlar ikki turda bo‘lib o‘tadiganga o‘xshaydi, men shunday vaziyatni ko‘ryapman”, – degan siyosatchi.

***

Yaponiya bosh vaziri Seulda mustaqillik yo‘lida halok bo‘lgan koreyaliklar qabristonini ziyorat qildi. Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Seul milliy qabristoniga bordi, deb yozdi  “JoongAng Ilbo” gazetasi yakshanba kungi sonida.

Bosh vazir qabristonda Yaponiyadan mustaqil bo‘lish uchun kechgan kurashda halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gul qo‘ygan. Yaponiya hukumati mazkur qabristonga  ilgari 2011 yilda kelgan edi, deb yozmoqda gazeta.

***

Zaporoje AESi “juda xavfli tus olmoqda”. Zaporoje AES  oldindan aytib bo‘lmaydigan va “yuqori darajada xavfli” bo‘lib bormoqda. Xalqaro atom agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi shunday fikrda ekanini ta’kidladi.

***

Sunak va Tryudo xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi. Buyuk Britaniya hukumati rahbari Rishi Sunak Londonda o‘zining kanadalik hamkasbi Jastin Tryudo bilan ikki mamlakat o‘rtasida xavfsizlik va mudofaa sohalariga hamkorlikni mastahkamlash bo‘yicha fikr almashdi, deb ma’lum qildi Sunak   kanselyariyasi bosh vazirlar uchrashuvi yakuni bo‘yicha tarqatgan xabarida.

***

Xitoy toliblar hukumatini terrorchilikka qarshi keskin kurash olib borishga chaqirdi. Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan Pokiston poytaxti Islomobodda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan Amir Xon Muttaqiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda  terrorizmga qarshi keskin kurash olib borish zarurligini ta’kidlagan.

***

Turkiya muxolifati Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish so‘rovini tezkor ravishda ma’qullagan bo‘lardi. Turkiya muxolifati Shvetsiyani iyul oyida Vilnyusda bo‘ladigan NATO sammitiga qadar alyansga  a’zo sifatida ko‘rishni istaydi. Agar muxolifat may oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida g‘alaba qilsa va tez fursatda hukumatni shakllantirsa, Shvetsiya arizasini NATO sammitiga qadar ma’qullagan bo‘lardi, deyiladi Shvetsiya radiosi tarqatgan xabarda.

S.Rahimov, O‘zA