Turkiyaning Sudandagi elchisi Ismoil Chobano‘g‘lu avtomobilining o‘qqa tutilishi oqibatida hech kim jarohatlanmadi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘liga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.
“Elchining mashinasi harakatlanayotgan paytda o‘qqa tutildi, hech kim jarohatlanmadi. Faqat avtomobilga shikast yetgan”, dedi u.
Vazir Sudandagi mavjud vaziyat munosabati bilan Turkiya elchixonasini Xartumdan vaqtincha xavfsizroq joyga – Port Sudanga qo‘chirishga qaror qilinganini ma’lum qildi.
Diplomatik vakolatxona xodimlar evakuatsiya qilingan.
Avvalroq Sudan tezkor kuchlari mamlakat Qurolli kuchlarini Turkiya elchisining avtomashinasiga hujum uchun ayblab chiqqan edi.
O‘zA